Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 26-noyabr. Xizmat: Mergan Ai (merganai.uz, app.merganai.uz, Telegram bot @MerganAiBot).
Biz nima qilamiz
Mergan Ai tadbirkorlarga o'zining Meta (Facebook va Instagram) reklamasini yaratish va boshqarishda yordam beradi hamda natijalarni sayt va Telegram orqali ko'rsatadi.
Qanday ma'lumot yig'amiz
- Sayt hisobi: to'liq ism va familya, kasbingiz ("Siz kimsiz?" ro'yxatidan tanlovingiz), telefon raqami, email, til va sizga beriladigan Mijoz ID. Parol hech qachon oddiy ko'rinishda saqlanmaydi: faqat qaytarib bo'lmaydigan xesh (scrypt) saqlanadi.
- Telegram: foydalanuvchi ID'si, username va siz tanlagan til.
- Meta: Facebook orqali kirganingizdan keyin kirish tokeni (shifrlangan holda saqlanadi), siz tanlagan reklama akkaunti, Business Manager va sahifa identifikatorlari hamda tanlangan reklama akkauntining natijalari (sarf, natija).
- To'lov: buyurtma summasi, tarifi va holati. Karta ma'lumotlarini biz ko'rmaymiz va saqlamaymiz: to'lovni Payme va Click qabul qiladi.
- Texnik ma'lumot: xizmat ichidagi amallar jurnali (xavfsizlik va yordam uchun) va cookie fayllar (quyida).
Biz shaxsiy xabarlaringiz, do'stlaringiz va postlaringizni o'qimaymiz.
Cookie va brauzer xotirasi
Faqat zarur narsalar: kirgan holatni saqlash uchun sessiya cookie'si (HttpOnly), tanlangan til cookie'si, ro'yxatdan o'tish va kirish shaklini himoyalash uchun qisqa muddatli cookie hamda mavzu (yorug'/to'q) tanlovi brauzer xotirasida. Reklama yoki kuzatuv cookie'lari yo'q.
Nima uchun ishlatamiz
Faqat xizmatni ko'rsatish uchun: hisobingizga kirishni ta'minlash, reklamani sizning akkauntingizda yaratish, natijani ko'rsatish, ogohlantirish yuborish, obunani hisoblash va yordam berish. Telefon va email sizga bog'lanish, parolni tiklash va xizmat xabarlari uchun ishlatiladi. Ma'lumotingizni sotmaymiz va uchinchi shaxslarga bermaymiz. Istisno: to'lovni qabul qiladigan to'lov tizimlari (Payme, Click) va siz yozgan qisqa tavsif hamda yuklagan fayl asosida reklama matnini tayyorlaydigan AI xizmati.
Meta'dan so'raladigan ruxsatlar
ads_management va ads_read (siz tanlagan reklama akkauntida reklamani yaratish va o'qish), business_management (biznes obyektlaringiz ro'yxati), pages_show_list va pages_read_engagement (reklama qaysi sahifa nomidan chiqishini tanlash). Reklama doim to'xtatilgan holatda yaratiladi, sizning amalingizsiz yoqilmaydi.
Saqlash va o'chirish
Facebook ulanishini botda /uzish bilan yoki kabinetda uzasiz. Barcha ma'lumotingizni botda /ochirish bilan yoki kabinetdagi "Hisobni o'chirish" tugmasi bilan o'chirasiz. Shuningdek, Facebook sozlamalarida ilovani olib tashlashingiz mumkin (Sozlamalar > Business integrations): bunda Meta so'rovi bo'yicha ma'lumotlaringiz o'chiriladi. So'rov holati: /deletion. Qo'lda o'chirish uchun @MerganAiSupport ga yozing.
Xavfsizlik
Tokenlar shifrlangan holda saqlanadi, parollar xeshlanadi, xizmat HTTPS orqali ishlaydi, kirishga urinishlar cheklanadi, serverga kirish cheklangan.
Aloqa
Telegram: @MerganAiSupport.