UZRUEN

Foydalanish shartlari

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 26-noyabr.

Xizmat

Mergan Ai o'zingizning Meta reklamangizni yaratish, boshqarish va natijasini saytda hamda Telegramda ko'rish vositasi. Reklama akkaunti, sahifalar va reklamalar egasi o'zingiz bo'lib qolasiz.

Hisob

Ro'yxatdan o'tishda to'g'ri ma'lumot kiriting va parolingizni sir saqlang. Hisobingiz orqali qilingan amallar uchun siz javobgarsiz. Bir odam uchun bitta hisob; Telegram va sayt bitta Mijoz ID bilan bog'lanadi.

Sizning mas'uliyatingiz

Tariflar va to'lov

Tariflar, narxlar va limitlar saytdagi va kabinetdagi "Tariflar" bo'limida ko'rsatilgan. Har bir foydalanuvchiga bir marta 3 kunlik bepul sinov beriladi. "Testoviy" tarif (7 kun) ham bir martalik: uni qayta sotib olib bo'lmaydi. Start, Biznes va Agentlik tariflari oylik yoki yillik (yillik to'lovda 10 oy narxi olinadi) oldindan to'lanadi. To'lovni Payme va Click qabul qiladi. To'lovni qaytarish masalalari yordam xizmati orqali ko'rib chiqiladi.

Javobgarlik chegarasi

Xizmat "mavjud holida" taqdim etiladi. Reklama natijasi Meta'ga va sizning taklifingizga bog'liq; natija, sotuv yoki Meta tomonidagi uzilishlarning yo'qligiga kafolat bermaymiz.

Foydalanishni to'xtatish

Istalgan paytda to'xtatishingiz mumkin: /uzish yoki kabinet Facebook'ni uzadi, /ochirish yoki "Hisobni o'chirish" ma'lumotlaringizni o'chiradi. Suiiste'mol yoki shartlar yoxud Meta qoidalari buzilganda kirishni to'xtatib qo'yishimiz mumkin.

Aloqa

Telegram: @MerganAiSupport.